“Ayaks” klubi yarim himoyachisi Stiven Bergveyn faoliyatini “Lester”da davom ettirishi mumkin.
De Telegraaf nashrining xabariga ko’ra, inglizlar 26 yoshli vingerning transferi bo’yicha muzokaralar olib bormoqda va taxminan 20 million yevro taklif qilishga tayyor. Ammo amsterdamliklarni bu narx qoniqtirmayapti.
Qayd etilishicha, “Atalanta” ham Bergveyn uchun 15 million yevrolik taklif yuborgan. Biroq allaqachon gollandlar ushbu taklifga rad javobini bergan.
Ma’lumot uchun, Bergveynning “Ayaks” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning hozirda “Transfermarkt”dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.