Hozirda erkin agent maqomida yurgan fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabyo faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko’ra, “An-Nasr” “Yuventus”ning sobiq futbolchisini o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Manbaga ko’ra, saudiyaliklar futbolchiga har bir mavsum uchun 20 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Hozirda tomonlar o’rtasida muzokara olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, Krishtianu Ronalduning shaxsan o’zi klubdan Rabyoni transfer qilishni so’ragan.
Biroq, Saudiya Arabistonidagi legionerlarga qo’yilgan transfer cheklovi Adriyenning “An-Nasr”ga o’tishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Chunki ayni damda riyodliklar tarkibida 8 nafar xorijlik futbolchi bor.