“Barselona”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Gavi “Betis”ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan so’ng (5:1) kataloniyaliklarning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini aytdi.
“Ha, bu haqiqat. U Lionel Messidan keyingi eng zo’r futbolchi”, – deydi Gavi.
Ma’lumot uchun, Gavi “Betis”ga qarshi o’yinning 3-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg’ol qildi. Yamal esa bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, Lamin 2023-yilning iyun oyida “Barselona” tarkibiga kelib qo’shilgandi. U joriy mavsum 24 ta o’yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.