“Liverpul” klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold faoliyatini qayerda davom ettirishni istayotgani ma’lum bo’ldi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, futbolchi faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirmoqchi. Ta’kidlanishicha, Trent Angliya terma jamoasidagi jamoadoshi Jud Bellingem bilan birga o’ynashdan mamnun.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Barselona” Jyul Kundega raqobat yaratish maqsadida Aleksandr-Arnoldga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Trent joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o’yin o’tkazib, 4 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.