Madridning “Real” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoaning yangi hujumchisi Kilian Mbappening ilk o’yinlardanoq yuqori o’yin namoyish eta olmaganidan xavotirda emas. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, klub fransiyalik futbolchini to’liq qo’llab-quvvatlashda davom etadi va uni loyihaning bir qismi sifatida ko’radi. Bundan tashqari, Madrid klubi murabbiylar shtabi Mbappega moslashish uchun biroz ko’proq vaqt kerak, deb hisoblamoqda.
“U eng zo’ri, bunga hech qanday shubha yo’q. Muammo unda emas”, – deya “Qirollik klubi” so’zlarini keltiradi AS.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 4 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.