“Manchester Siti” darvozaboni Ederson o‘z jamoadoshi, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning Angliya chempionati doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi o‘yini (4:0) haqida fikr bildirdi.
“Niko Gonsales, ayniqsa, “Chelsi” bilan o’yinda bir qancha xatolar qilgan Abduqodir Husanov uchun juda xursandman.
Bugun garchi yosh bo’lsa-da, Husanov juda va juda zo’r o’ynadi. Ha, u ko’proq ruscha gapiradi, inglizchada gapira olmaydi. U bilan muloqot qilish qiyin.
Biroq Abduqodir tezroq tilni o’rganishga harakat qilmoqda va barchamizni eshitib, o’zi uchun dars olyapti. Bu bizni xursand qilmoqda.
Niko uchun ham xursandman. U o’yin davomida to’pni qaytarib olishda biz uchun muhim futbolchi. Bu u ham yaxshi o’yin o’tkazdi”, – dedi Ederson o‘yindan so‘ng.
Edersonning o‘zi esa “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvda golli uzatma amalga oshirib, Angliya Premyer-Ligasida darvozabonlar orasida eng ko‘p assist bergan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi – uning karyerasidagi assistlari soni oltitaga yetdi.