“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford hali keyingi jamoasi borasida bir qarorga kelgani yo’q. Bu haqda jurnalist va insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Reshfordning agenti bilan muzokara olib borayotgan MYU va “Milan” o’zaro kelisha olmayapti.
Qayd etilishicha, “Barselona” ham futbolchi uchun kurashga qo’shilgan, biroq kataloniyaliklar Ansu Fati kelajagi bilan bog’liq masalani hal qilmagani uchun muzokaralar olib borishmayapti.
Bundan tashqari, Reshfordni “Yuventus”, “Borussiya D” va APL’ning bir qancha nomi oshkor etilmagan klublari ham kuzatib bormoqda.