Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshfordni Frenki de Yongga almashtirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim de Yong jamoa o’yiniga ta’sir qila olishiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda Amorim Reshfordning MYU’dan ketishini istamoqda va hujumchi “Barselona”ga taklif qilingan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “qizil iblislar” qishki transferlar oynasida Reshfordni sotishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.