“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning argentinalik vingeri Alexandro Garnachoning kelajagi haqida gapirdi.
“Uning jamoada kelajagi bor, bu aniq. U juda istedodli futbolchi. U maydonda qanday o’ynashni yaxshi biladi. Mashg’ulotlar davomida u yanada rivojlanadi.
U oxirgi o’yinda maydonga tushdi. Ko’ramiz, “Sautgempton” bilan o’yinda nima bo’larkin… Menimcha, u fikrini o’zgartirgan”, – deydi Amorim.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da “Napoli” Garnachoni qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Xvicha Kvaratsxeliyaga o’rinbosar sifatida ko’rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Garnacho joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.