“The Best 2024” mukofotini topshirish marosimi onlayn tarzda o’tkaziladi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, FIFA bunday qarorga kelishiga erkaklar va ayollar futbolidagi tig’iz taqvim sabab bo’lgan.
Bundan tashqari, tashkilotchilar avvalgi marosimdagi vaziyat takrorlanmasligini istashmoqda. O’tgan safargi marosimda “The Best” mukofotining uchta finalchisidan hech biri tantanali kechada ishtirok etmagandi.
Eslatib o’tamiz, g’oliblar 17-dekabr kuni e’lon qilinadi.