PSJ Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko’ra, fransuz klubi braziliyalik futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi va bu transfer amalga oshishi uchun Marko Asensio, Randal Kolo Muani va Usmon Dembele bilan xayrlashishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Vinisiusning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.