Madridning “Real” klubi agar 7-fevralgacha “Espanyol”ga qarshi o’yindagi hakamlar o’rtasidagi suhbat yozuvlarini taqdim etilmasa, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasini (RFEF) sudga bermoqchi.
AS xabariga ko’ra, “qaymoqranglilar”ni Karlos Romeroning Kilian Mbappega ishlatgan qo’polligi qizil kartochkaga loyiq bo’lgan epizod qiziqtirmoqda. Hakamlar esa “Espanyol” futbolchisiga faqat sariq kartochka ko’rsatgandi.
Yakunda esa aynan Romero kataloniyaliklarga g’alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Qayd etilishicha, Madrid klubi rahbariyati vaziyat o’zgarmasa jinoiy ish qo’zg’atilishi bilan ogohlantirdi. Hozircha “Real” federatsiya va Sport oliy kengashiga shikoyat qilish bilan cheklanib qolgan.