O’zbekistonlik FIFA referesi Aziz Asimov hakamlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O’zFHM matbuot xizmati xabar berdi.
“Sobiq FIFA referisi, tajribali hakamimiz Aziz Asimov sog‘lig‘i tufayli hakamlikdagi karyerasiga yakun yasadi.
U 14 yil davomida referi sifatida faoliyat olib bordi va qator mahalliy hamda xalqaro o‘yinlarda samarali ish olib bordi”, – deyiladi xabarda.