Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga imkoniyatni boy berganidan so’ng (2:5), tanqidlarga qanday munosabatda bo’lganini aytdi.
“Men tanqidlar to’lqiniga ergashmayman, chunki siz bugun eng zo’risiz, ertasi kuni esa eng yomoni.
Yaxshiyamki, tanqidlarga qanday munosabatda bo’lishda tajribaga egaman. Agar unga ergashsangiz, o’zligingizni yo’qotib qo’yasiz”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” Ispaniya Superkubogini eng ko’p qo’lga kiritgan jamoa hisoblanadi. Kataloniyaliklar 15 marotaba ushbu sovringa ega chiqqan. “Real” hisobida esa 13 ta xuddi shunday titul mavjud.