Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Polshaga qarshi bahsda (5:1) dubl qayd etdi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Ronaldu penaltini aniq amalga oshirdi. 87-daqiqada esa o’yindan gol urdi, shuningdek, jamoasining yana bir goliga assistentlik qildi.
Krishtianu uchun bu terma jamoadagi 135, faoliyati davomidagi esa 910-goli hisoblanadi.
Ushbu bahsda Portugaliya terma jamoasi safida Rafael Leau, Bruno Fernandesh va Pedro Netu ham bittadan gol urishdi. Polshaning yagona goliga himoyachi Dominik Marchuk mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi 5-turidan so’ng 13 ochko jamg’argan holda birinchi o’rinda bormoqda. Polsha esa 4 ochko jamg’arib, uchinchi o’rinni band etgan.