UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida “Benfika” va “Barselona” o’zaro to’qnash keldi va yakunda kataloniyaliklar 5:4 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab, 2-daqiqada “Benfika” hujumchisi Vangelis Pavlidis hisobni ochdi. 13-daqiqada Robert Levandovski penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
21 va 30-daqiqada Pavlidis yana ikkita gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 3:1. 64-daqiqada esa Rafinya oradagi farqni bittaga qisqartirdi. Biroq 66-daqiqada Ronald Arauxo avtogol muallifiga aylandi.
78-daqiqada Robert Levandovski yana bir penaltini aniq amalga oshirdi. 86-daqiqada Erik Garsiyaning golidan so’ng hisob yana tenglashdi. 90+6-daqiqada esa Rafinya kataloniyaliklarga g’alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” YChL umumiy bosqichining 8-turida “Atalanta”ga qarshi, “Benfika” esa “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.