“Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliya qishki transferlar oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, neapolliklar va PSJ o’zaro kelishuvga erishgan. Transfer summasi bonuslardan tashqari 70 million yevro bo’lishi belgilangan.
Manbaga ko’ra, gruziyalik futbolchi parijliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga kamida 8 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya joriy mavsum klub safida jami 18 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Napoli” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.