“Rayo Valekano”ning kolumbiyalik sobiq yarim himoyachi Xames Rodriges faoliyatini Meksikada davom ettiradi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Rayo Valekano” “Leon” klubi bilan Xamesni tekinga transfer qilish bo’yicha kelishuvga erishgan.
Avvalroq futbolchi “Rayo” bilan shartnomasini buzgani va erkin agent sifatida jamoani tark etgani xabar qilingandi.
Eslatib o’tamiz, Rodriges joriy mavsum boshida “Rayo Valekano”ga o’tgan edi. Joriy mavsum futbolchi klub safida jami 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.