Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ustidan yirik hisobda g’alaba qozondi (5:2).
Uchrashuvdan so’ng, jamoalarning sobiq futbolchilari Iker Kasilyas va Jerar Pike ishtirokidagi video tarqaldi. “Barselona” sobiq himoyachisi sobiq jamoasining gollari soniga shama qilib, beshta barmog’ini kameraga ko’rsatdi va “Real”ning afsonaviy darvozabonini troll qildi.
Eslatib o’tamiz, ushbu holat Pike ishtirokida birinchi bor kuzatilmayapti. 2018-yilda Jerar “Real” darvozasiga beshinchi golni urganda va 2010-yilda “Barselona” “qaymoqranglilar”ni 5:0 hisobida mag’lub etganida ham xuddi shunday ishorani ko’rsatgandi.