Germaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Krishtianu Ronalduning 900 ta gollik dovonni zabt etgani haqida fikr bildirdi.
Ronaldu Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o’yinda jamoasiga g’alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
39 yoshli forvard uchun bu gol uning faoliyatidagi rasmiy uchrashuvlarda urilgan 900-gol bo’ldi.
“O’yinlarda va mashg’ulotlarda kiritilgan gollarimni birlashtirganimda ham 900 ta golga yetmagan bo’lardi”, – deydi Kroos.
Eslatib o’tamiz, Toni Kroos Yevro-2024’dan so’ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.