Londonning “Chelsi” klubi vingeri Jeydon Sancho yana Dortmundning “Borussiya”siga qaytmoqchi. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 25 yoshli futbolchi o’z vakillaridan nemis klubi bilan ushbu transferni muhokama qilishni so’ragan.
Eslatib o’tamiz, Sancho 2021-yilda “Borussiya”dan MYU’ga o’tgandi. Yozgi transferlar vaqtida esa ijara asosida “Chelsi”ga ko’chib o’tdi.
Ma’lumot uchun, vinger “arilar” safida jami 158 ta o’yinda maydonga tushib, 53 ta gol urgan va 64 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.