Kataloniyaning “Barselona” klubi qishki transferlar vaqtida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelmasa, yangi futbolchilarni sotib olishi kutilmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” joriy tarkibni mavsum oxirigacha saqlab qolmoqchi. Bundan tashqari, klub o’z futbolchilarini ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq muammoni hal qilishi kerak.
Asosiy muammo – ba’zi futbolchilarning uzoq muddatli jarohatlari sabab faqat 2024-yilning 31-dekabrigacha ro’yxatdan o’tgan Dani Olmo.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” ayni dam La Liga turnir jadvalida 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.