33 yoshli braziliyalik hujumchi Neymar “Santos” safida burchak zarbasidan to’g’ridan-to’g’ri gol urdi.
U Paulista Ligasining 12-turidan o’rin olgan “Inter Limeyra”ga qarshi uchrashuvning 27-daqiqasida hisobni ochdi.
Goldan oldin raqib jamoa muxlislari Neymarga hayqirib, uning ustidan kulishdi. Ammo Neymar ishora bilan ularga “balandroq” deb ko’rsatdi va burchak zarbasidan ajoyib gol urdi.
Bundan tashqari, Neymar birinchi bo’limda Tikinyo Soaresga ikki marta golli uzatma oshirdi va uning gol urishiga yordam berdi.
Eslatib o’tamiz, braziliyalik forvard qishki transferlar vaqtida “Al-Hilol”dan “Santos”ga o’tgandi. U 6 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.