Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi A Seriya grandlaridan birini boshqarishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, agar amaldagi bosh murabbiy Paulo Fonseka iste’foga chiqarilsa, Xavi “Milan” boshqaruviga keladi.
Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis allaqachon “rossoneri” rahbariyati bilan aloqaga chiqqan va A Seriya klubiga murabbiylik qilish borasida ijobiy fikr bildirgan.
Eslatib o’tamiz, Xavi o’tgan mavsum oxirida “Barselona” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqandi. Uning qo’l ostida klub Ispaniya chempioni va Superkubogi sohibi bo’ldi.