Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Milan”ning 32 yoshli hujumchisi Alvaro Morata bilan shartnoma imzolash bo’yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar imkon qadar tezroq bitimni yakunlamoqchi va buni yaqin soatlar ichida amalga oshirishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Morata o’tgan yozda “Atletiko”dan “Milan”ga o’tgandi. Forvard joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.