“Manchester Siti” darvozaboni Ederson “Al-Ittihod”ga o’tmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Saudiya klubi “Malyorka”ning serbiyalik darvozaboni Predrag Raykovich bilan kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, transfer saudiyaliklarga 11 million yevroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Ederson “Man. Siti”da 2017-yildan buyon to’p surib kelmoqda. Bu davr ichida kiper barcha turnirlarda 332 ta o’yin o’tkazib, 155 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.