Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jurnalistlar bilan suhbatda Chempionlar ligasi finalida o’ynashini aytdi.
Eslatib o’tamiz, madridliklar YChL 5-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi o’yinda imkoniyatni boy berib qo’ydi (2:0).
“Real” joriy mavsum turnirda 5 ta o’yinning 3 tasida mag’lub bo’ldi va jadvalda 24-o’rinni egallab turibdi.
La Gazzette dello Sport jurnalisti Angliyadagi o’yindan so’ng italiyalik mutaxassis bilan gaplashganini aytdi.
“Uning eng yaxshi fazilati bu xotirjamlik. Men unga xabar yubordim va u bilan gaplashdim.
U mendan “Real” Myunxendagi YChL finalida o’ynashini aytishimni so’radi”, – deyiladi xabarda.