FIFA prezidenti Janni Infantino Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorni 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof qilgach, eng yaxshilarni aynan Xalqaro futbol federatsiyasi aniqlashi kerakligini aytdi.
“Agar siz dunyodagi eng zo’r kim ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, buni FIFA belgilaydi, chunki hamma ovoz beradi, bu shaffof, xolis va inklyuziv”, – deydi Infantino.
Eslatib o’tamiz, Vinisius “Oltin to’p” uchun kurashda favorit bo’lgandi, biroq yakunda sovrinni “Man. Siti” yarim himoyachisi Rodri qo’lga kiritgandi.