“Manchester Siti” rahbariyati qishki transferlar vaqtida bosh murabbiy Pep Gvardiolani qo’llab-quvvatlash uchun to’rt nafar futbolchi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, klub yarim himoyachi, hujumchi, markaziy va o’ng qanot himoyachisini jalb qilishni ko’rib chiqmoqda.
Eslatib o’tamiz, Gvardiola shogirdlari so’nggi 11 ta o’yinda 8 bor mag’lubiyatga uchradi. “Shaharliklar” hozirda APL turnir jadvalida 27 ochko bilan 5-o’rinda bormoqda.