Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Kilian Mbappening Qit’alararo kubok finalida “Pachuka”ga qarshi o’yindagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Kilian kecha mashg’ulot o’tkazdi va o’zini yaxshi his qildi. Hammasi ajoyib o’tdi. Keling, bugungi mashg’ulotda uning holatini ko’ramiz. Biz optimistmiz”, – deya Anchelottining so’zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib o’tamiz, Mbappe YChL umumiy bosqichining 6-turidan o’rin olgan “Atalanta”ga qarshi bahsda (3:2) jarohat olgandi.