Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen sentyabr oyida olgan jarohatidan kutilganidanda tezroq tiklanishi mumkin.
Manbaga ko’ra, germaniyalik kiper aprel yoki may oylarida mashg’ulotlarga qaytishi mumkin. Hozirda ter Shtegen tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Ma’lumot uchun, darvozabonning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.