Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan erkin agent sifatida “Manchester Siti”ga qaytdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Ilkay “shaharliklar” bilan 2025-yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o’tamiz, Gyundogan “Manchester Siti”dagi yetti yillik faoliyatidan so’ng 2023-yilning yozida erkin agent sifatida “Barselona” safiga borib qo’shilgandi.