O’zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes JCh-2026 saralash bosqichidan o’rin olgan Eronga qarshi bahs haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Hech nima yo‘qotganimiz yo‘q. Bu futbol va o‘yin davomida barcha xato qilishi mumkin.
Uchrashuvda raqib ko‘proq gol urishi mumkin edi, ammo Fayzullayev ham g‘alaba golini kiritishga juda yaqin keldi. Jamoa juda sifatli o‘yin o‘tkazdi. Kompakt o‘yin va xarakterimizni namoyish eta oldik.
Tajribali va yosh futbolchilar qorishmasidan iborat yaxshi tarkib shakllandi. Kechagi o‘yinda, so‘nggi yillarda amalga oshirgan barcha ishlarimizning natijasini ko‘rdim.
Kapadzeni hech narsani o‘zgartirmagani bilan tabriklayman, u va uning shtabi jamoani ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorlagan ekan”, – deydi sloveniyalik mutaxassis.
Eslatib o’tamiz, Srechko Katanes 2021-yilning kuzidan 2025-yilning yanvarigacha O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajargan edi.