“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordga Yevropaning top-klublaridan hech biri qiziqish bildirmayapti. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, hech bir jamoa angliyalik futbolchini maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari va katta maoshi sabab (haftasiga 365 ming funt sterling) sotib olmoqchi emas.
Shuningdek, forvard hozirda eng yaxshi sport formasida emasligi ham ta’kidlanmoqda. O’tgan mavsum Reshfordni o’z safiga qo’shib olmoqchi bo’lgan PSJ ham unga shartnoma taklif qilishga tayyor emas.
Eslatib o’tamiz, avvalroq mankunianliklar Reshfordni qishki transferlar oynasida sotmoqchi ekanligi ma’lum bo’lgandi.
Markus joriy mavsumda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.