“Manchester Siti” “Brayton”ning 20 yoshli hujumchisi Evan Fergyusonni o’z safiga qo’shib olishi mumkin. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Fergyuson o’tgan mavsum o’zini yaxshi ko’rsatgan, ammo hozir uning ishlari joyida emas. Joriy mavsum forvard 13 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Fergyuson markaziy hujumchi pozitsiyasida o’ynaydi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.