“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning agenti Rafaela Pimenta futbolchining “shaharliklar” safini tark etish variantini ko’rib chiqmoqda.
Defense Central xabariga ko’ra, norvegiyalik hujumchining shartnomasida 2025-yilda kuchga kiradigan, boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borishga mo’ljallangan band mavjud.
Qayd etilishicha, Madridning “Real” klubi vaziyatni kuzatib bormoqda va Holandni sotib olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda. Pimentaning o’zi ham futbolchi faoliyatini Madridda davom ettirishini juda xohlaydi.
Ma’lumot uchun, Holand joriy mavsum barcha turnirlarda 23 ta o’yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.