Ispaniyaning “Sevilya” klubi hujumchisi Yussuf En-Nesiri faoliyatini Joze Mourino qo’l ostidagi “Fenerbaxche”da davom ettiradi.
Dastlab “Sevilya” En-Nesiri uchun yuborilgan 18+3 million yevrolik birinchi taklifni rad etgandi. Ispanlar transfer narxi bonuslardan tashqari 20 million yevro bo’lishini talab qilgan va keyinchalik jamoalar o’zaro kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchi “Sevilya” tarkibida jami 196 ta o’yinda maydonga tushib, 73 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.