Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar o’z jamoadoshlariga shartnomasi yakunlangach, faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishini aytdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Hozirda Neymarning “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Xordi Alba MLS klubida to’p surmoqda va jamoani sobiq kataloniyaliklar futbolchisi Xaver Maskerano boshqarmoqda.
Ma’lumot uchun, Neymarning “Al-Hilol” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. U saudiyaliklar safida bor yo’g’i 7 ta o’yinda maydonga tushdi va jarohati sabab bir yilga yaqin vaqtni o’tkazib yubordi.