Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Memfis Depay Monakoda qamoqqa olindi. Mahalliy sud 30 yoshli futbolchini 4 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Depay o’tgan yili mast holda mashina boshqargan. Uning qonidagi alkogol miqdori 1,01 mg/l ni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Depay 9 ming yevro jarima to’lashi belgilab qo’yildi va Monakoda ikki yil mashina haydash huquqidan mahrum qilindi.
Ma’lumot uchun, Memfis hozirda Braziliyaning “Korintians” klubi sharafini himoya qilmoqda.