Leverkuzenning “Bayer” klubi Florian Virts bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Kicker nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar o’rtasida 2027-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan bitim tuzilgan. Avvalgi shartnoma 2026-yilcha imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, Virts joriy mavsum Bundesligada 14 ta o’yin o’tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.