Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe YChL umumiy bosqichining 6-turidan o’rin olgan “Atalanta”ga qarshi bahsda (3:2) olgan jarohatidan so’ng, mashg’ulotlarga qaytdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, forvard hozirda bo’lajak o’yinlarga tayyor bo’lish uchun faol harakat qilmoqda. Mbappe tez orada Qit’alararo kubok finalida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, 18-dekabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida 2024-yilgi Qit’alararo kubok finali bo’lib o’tadi va unda “Real” va “Pachuka” (Meksika) o’zaro to’qnash keladi.