Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransisko Konseysao rasman “Yuventus” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko’ra, turinliklar Konseysaoni joriy mavsum oxirigacha “Portu”dan ijaraga olgan. Shartnoma narxi 7+3 million yevroni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi o’tgan mavsum “Portu” safida jami 43 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.