Bugun Angliya Premyer-ligasining 27-turida “Manchester Siti” “Tottenhem” maydoniga safar qiladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Jumladan, SofaScore nashri Abduqodir Husanovni bugungi uchrashuv uchun asosiy tarkibga kiritdi.

Shuningdek, FotMob nashri ham Husanov bugungi o’yinni boshlang’ich tarkibda boshlashini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” – “Manchester Siti” o’yini bugun, 26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da start oladi.