Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar jarohatidan forig’ bo’lib, umumiy guruh mashg’ulotlariga qo’shildi.

Eslatib o’tamiz, Neymar Elit OChL doirasidagi “Istiqlol”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo’limda zaxiradan o’yinga qo’shilgan va asosiy vaqt tugashiga bir necha daqiqa qolganida, oyog’ining son qismida noqulaylik sezgandi.
Ma’lumot uchun, Neymar “Al-Hilol” safida jami 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.