Bugun Angliya Premyer-ligasining 26-turidan o’rin olgan bahsda “Manchester Siti” o’z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi.
Statistikalarga ixtisoslashgan SofaScore nashri o’yindan oldin jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
“Man. Siti”: Ederson, Husanov, Diash, Ake, Gvardiol, Kovachich, Gonsales, Silva, Foden, Savinyo, Marmush.
Shuningdek, SportsMole nashri ham bugungi o’yin oldidan ehtimoliy tarkiblarni ma’lum qildi.
“Man. Siti”: Ederson, Lyuis, Diash, Ake, Gvardiol, Gonsales, Savinyo, Silva, Foden, Marmush, Holand.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “shaharliklar” markaziy himoyachisi Jon Stouns jarohat olib safdan chiqqandi.
Ma’lumot uchun, “Man. Siti” – “Liverpul” o’yini bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da “Etihad” stadionida start oladi.