“Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo agar jamoasi uni La Liga ro’yxatidan o’tkaza olmasa, kataloniyaliklar safini tekinga tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tegishli band tomonlar o’rtasidagi shartnomada ko’rsatilgan. Hozirda Olmo 2024-yilning oxirigacha ro’yxatdan o’tgan.
Ta’kidlanishicha, futbolchi o’tgan yozda faqat shu yilning oxirigacha La Liga ro’yxatidan o’tishini bilib, “Barselona”ga o’tishga rozi bo’lgandi.
Ammo shu bilan birga, agar klub uni keyinchalik ro’yxatdan o’tkaza olmasa, jamoani erkin agent sifatida tark etish huquqiga oid shart ham qo’shilgan.
Eslatib o’tamiz, Dani yozgi transferlar vaqtida “RB Leypsig”dan “Barselona”ga o’tgandi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi.