Transfermarkt portali Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messining yangilangan narxini e’lon qildi.
Unga ko’ra, endilikda Messining transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi. Avvalroq ushbu ko’rsatgich 25 million yevroga teng edi.
Eslatib o’tamiz, Lionel Messi 2023-yilning yozidan buyon “Inter Mayami” safida o’ynab kelmoqda. Bu davr ichida u klub safida jami 39 ta o’yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.