Og’ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinallning aytishicha, UFC 309 turniridan so’ng tashkilot rahbari Dana Uayt unga divizionning amaldagi chempioni Jon Jons bilan bo’lajak jang albatta bo’lishini ta’kidlagan.
“Dana Uayt xonaga kirib, “Bu sodir bo’ladi va bu UFC tarixidagi eng katta jang bo’ladi, dedi”, – deydi Aspinall ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o’tamiz, Jon Jons o’zining so’nggi janggini 2024-yilning noyabr oyida UFC 309 turniri doirasida Stipe Miochichga qarshi o’tkazib, muddatidan avval g’alaba qozongan va o’z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.