Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ning 34 yoshli o’ng qanot himoyachisi Kayl Uokerni joriy mavsum oxirida sotib olmoqchi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”dan qabul qilib olingan qaqshatqich mag’lubiyatdan so’ng (2:5) “Real” himoya chizig’ini, ayniqsa, o’ng qanotini kuchaytirishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, madridliklar qishki transferlar oynasida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni qo’lga kirita olmasligini tushunganidan so’ng Uoker variantini ko’rib chiqa boshlagan.
Ma’lumot uchun, Uoker joriy mavsum barcha turnirlarda 18 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.