Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Arman Sarukyan Islam Maxachevga qarshi revansh janggi uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.
Ma’lum bo’lishicha, Sarukyan Maxachevni mag’lubiyatga uchratgan yagona MMA faxriysi Adriano Martines bilan birga mashg’ulot o’tkazmoqda.

Eslatib o’tamiz, Maxachev va Sarukyan o’rtasidagi revansh janggi 18-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turnirida bo’lib o’tadi.